Qayer sovuqroq — Shimoliy qutbmi yoki Janubiysi?
Yer sharining «tepa» va «past» qismlari, ya’ni Shimoliy qutb va Janubiy qutb sayyoramizning eng sovuq joylari hisoblanadi.
Chunki bu yerlarga quyosh nuri hech qachon tik tushmaydi. Qolaversa, bu yerlardagi oppoq qor va muzliklar tushgan nurni ham qaytarish xususiyatiga ega (bekorga jazirama oftobda oq kiyim kiyish tavsiya qilinmaydi).
Janubiy qutb Shimoliysiga solishtirganda anchagina sovuq. Vuds-Houl okeanografiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy qutbda o‘rtacha yillik harorat qishda -40 darajani, yozda 0 darajani tashkil etadi. Janubiy qutbda esa qishning o‘rtacha harorati -60 darajani, yozniki -28,2 darajani tashkil etadi.
Nega Janubiy qutb sovuqroq?
Chunki u yer qit’a (Antarktida), Shimoliy qutb esa okean (Shimoliy muz okeani). Suvda, quruqlikka nisbatan, sovish va isish jarayonlari sekin kechadi, bu esa ekstremal harorat o‘ta keskinlashib ketishining (bizning holatda sovib ketishining) oldini oladi. Shimoliy qutb issiqroq bo‘lishining sabablaridan yana biri janubdan oqib keluvchi daryolarning bu yerga kelib quyilishidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter