Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lganligi hamda «O‘zbek tili bayrami kuni» munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda «Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari xodimlari bevosita, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar vakillari videokonferensaloqa ko‘rinishida ishtirok etishdi.

Davra suhbati avvalida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub «Ona tilim o‘lmaydi» she’ri Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida tayyorlangan viderolik tarzida namoyish etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev vazirlikda davlat tilini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan, ish yuritish tizimi to‘liq davlat tilida yo‘lga qo‘yilganligi, «Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati» tayyorlanligi, Vazirlar Mahkamasining «Axborot tizimlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqilganligi, Vazirlik xodimlari muntazam ravishda davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarni olish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib kelayotganligi, shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududlardagi filiallariga doimiy ravishda o‘qish uchun yuborilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi Rustam Tursunov o‘zbek tilining paydo bo‘lish tarixi, rivojlanish bosqichlari, yurtimizda o‘zbek tilining nufuzini yana-da oshirish, davlat tilini rivojlantirish, vazirlik va idoralarda ish yuritishni to‘liq davlat tilida tashkil qilish, o‘zbek tilining imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Filologiya fanlari doktori, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov markaz tomonidan olib borilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritishga o‘qitish masalalari, ushbu yo‘nalishda yaratilgan shart-sharoitlar, nafaqat davlat tilida ish yuritish, balki boshqa millat vakillari, shuningdek, xorijliklar uchun o‘quv kurslari mavjudligini ma’lum qilib, bugungi kunda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘layotgan katta qiziqish paydo bo‘lganligini, hatto chet davlatlardan ham bu borada murojaatlar borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov Jamg‘arma tomonidan o‘tgan davrda nashr qilingan  davlat tiliga oid kitoblar xususida to‘xtalib, bugungi kunda O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi «UNICON.UZ» DUK tomonidan taqdim qilingan loyiha ustida loyiha tashabbuskorlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganligini, vazirlik tomonidan tayyorlangan «Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati» yaqin bir oy ichida chop etilishini va ushbu lug‘at nafaqat vazirlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar, balki respublikamizdagi barcha tashkilotlar uchun zarur qo‘llanma bo‘lishini qayd etdi.

Davra suhbati so‘ngida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring