Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovi maqsadi va muddatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovi maqsadi va muddatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto:«Mitc.uz»

AKT vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun tashkil etiladigan huquqiy-ma’rfiy o‘quv mashg‘uloti davomida Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida vazir maslahatchisi N.Abdullayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari maslahatchisi M.Ulug‘ovalar tomonidan tanlov, uni tashkil qilish jarayonlari, ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan mazkur tanlov quyidagi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:

Davlat tili ustuvorligini ta’minlagan eng namunali hudud (mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari);
Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari);
O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha (ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari).

Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:

Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;

Quyi bo‘g‘inlarda davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini targ‘ib-tashviq etish;

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llash;

Mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish;

Barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari:

• Birinchi bosqich (1-iyulga qadar)da vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘z tashabbusiga ko‘ra tanlovda ishtirok etish yuzasidan ariza bilan murojaat qiladi.

• Ikkinchi bosqich (iyul-sentyabr oylari)da tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi.

• Uchinchi bosqich (sentyabr oyi)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

• Tanlov g‘oliblari 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring