Putin Ukrainada qachon tinchlik bo‘ladi degan savolga javob berdi

Rossiya maxsus harbiy operatsiyaning barcha maqsadlariga erishganida tinchlik mumkin bo‘ladi, dedi Vladimir Putin.
Maxsus operatsiyaning maqsadlari o‘zgarmaydi, deya ta’kidlagan u.
Putin Ukrainani qurolsizlantirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan, bu ham maxsus operatsiya maqsadlari qatorida qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning o‘zi endi «deyarli hech narsa» ishlab chiqarmaydi va xorijiy davlatlardan «bepul» qurol oladi. «Ammo bu bepul sovg‘a qachondir tugashi mumkin», deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «aksil-hujum» boshlanganidan beri (iyun oyi boshida) Rossiya kuchlari 747 ta tank va 2 mingga yaqin zirhli texnikani yo‘q qilgan. «Bu demilitarizatsiya», dedi Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter