Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin nega mudofaa vazirini almashtirganiga izoh berdi

Putin nega mudofaa vazirini almashtirganiga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin nima sababdan mudofaa vazirini almashtirganini ma’lum qildi. 

Putin Andrey Belousovning Mudofaa vazirligi rahbari etib tayinlanishini mudofaa va xavfsizlik uchun sarflangan mablag‘ning ko‘payishi bilan izohladi.

Mudofaa vazirligiga ajratilayotgan mablag‘larni samarali boshqarishimiz shart, deya ta’kidlagan Rossiya rahbari.

Lekin ayrim OAV tahlilchilari Putinning qarorini boshqacha talqin qilgandilar. Ularning aytishicha, Rossiya uzoq urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda, iqtisodiyotni harbiy relsga o‘tkazish niyatida. Andrey Belousov esa avval armiya tizimida ishlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun aval Rossiya sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishdan olingandi. U Xavfsizlik kengashi kotibligiga tayinlandi. Shoygu vazirlikni 2012 yildan buyon uzluksiz boshqarib kelayotgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring