Prokuratura Surxondaryoda sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda
Ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotganligi haqida videoxabar tarqalgan.
Mazkur videoxabardagi holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, holat Termiz shahrida sodir bo‘lganligi aniqlandi.
Ushbu videoxabar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshirish natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter