Prokuratura Samarqanddagi paxta tozalash zavodida talonchilikni aniqladi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi viloyatdagi paxta tozalash korxonalaridan birida sodir etilgan talon-torojlikni aniqladi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Korxona texnik chigit tovarshunosi A.K. kattaqo‘rg‘onlik M. ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 mln so‘mlik texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarga yuklab, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.
Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, avvalroq Xorazmda 3 ta paxta tozalash korxonasida urug‘lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik aniqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter