«Profilaktika inspektori» videomurojaati yuzasidan rasmiy bayonot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Baynalminal MFY profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Nozimjon Nishonov Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga videomurojaat bilan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Internet ijtimoiy tarmoqlarida «Quva tumanida IIB rahbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinmoqdami?» sarlavhali videomurojaat yuzasidan rasmiy bayonot berildi.
Mazkur murojaat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.
Aniqlanishicha, murojaatchi Nishonov Nozimjon Navro‘zbek o‘g‘li muqaddam ichki ishlar organlarida ishlab, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun salbiy sabablarga ko‘ra, 2021-yilda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
Shuningdek, sobiq xodim N.Nishonovni videomurojaatidagi IIO xodimlari bilan bog‘liq keltirilgan holatlar yuzasidan viloyat IIB tegishli xizmatlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter