Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

- 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;

- ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

- yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;

- 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring