Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter