Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident surishtiruv va tergov organlarining kadrlar tayyorlash bo‘yicha rejalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident surishtiruv va tergov organlarining kadrlar tayyorlash bo‘yicha rejalari taqdimoti bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 3-avgust kuni surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo bo‘layotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha faoliyatning metodik ta’minotini takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring