Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev qurg‘oqchilikka qarshi chora-tadbirlar bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev qurg‘oqchilikka qarshi chora-tadbirlar bo‘yicha qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qaror bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

-respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

-O‘zbekistonning cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;

-cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

-respublikada cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtirish;

-Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi talablarini bajarishda O‘zbekistonning milliy vakolatli organi vazifasini amalga oshirish.

Shuningdek, qaror muvofiq O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etildi.

Avvalroq, prezident farmoni bilan O‘zbekiston sotsiologlar assotsiatsiyasi tashkil etilishi belgilangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring