Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qoraqalpog‘istonda oddiy aholi bilan uchrashdi

Prezident Qoraqalpog‘istonda oddiy aholi bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari Nukus shahridagi Jeketerak mahallasida bo‘lib, xalq bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Jeketeraklik yoshullilar kechagi ko‘ngilsiz voqealarda ba’zi yoshlar adashgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, tashqi g‘arazli kuchlar ta’siriga tushib, his-hayajonga berilganini afsus bilan aytishdi.

O‘zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatimiz birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini ta’kidlashdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Nukusda yig‘ilish o‘tkazib, vaziyat nazoratda ekanini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring