Prezident Qoraqalpog‘iston bo‘yicha yangi farmonni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga oid yangi farmonni imzoladi.
Farmonda aytilishicha, Jo‘qorg‘i Kengesining murojaati hamda ushbu hududda jamoat tartibi tiklanganligini, fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda favqulodda vaziyat e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter