Prezident qarori. Virtual terminallar oddiy to‘lov terminallariga tenglashtiriladi
«Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.
Мамлакатда электрон тижоратни ривожлантириш учун қулай шарт-шароитлар яратиш, товарлар (хизматлар)ни Интернет тармоғи орқали реализация қилиш учун замонавий механизм ва тартиб-таомилларни жорий қилиш, маҳаллий тадбиркорлик субъектлари маҳсулотларини экспорт қилиш географиясини кенгайтириш ва ҳажмини ошириш мақсадидаQaror bilan quyidagilar belgilandi:
- elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi;
- tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin;
- elektron tijorat sub’yektlari korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar;
- elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarni eksport qilish pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;
- virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter