Konstitutsiyaning 30 yilligi munosabati bilan 400 ga yaqin mahkum afv etildi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev afv to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilgan.
«Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor tuzalish yo‘liga qaytgan 400 ga yaqin mahkum afv etilmoqda. Bu haqdagi tegishli farmon bugun e’lon qilinadi», — deydi Asadov.
7-dekabr kuni prezident xalqqa an’anaviy bayram tabrigi bilan murojaat qiladi. Televideniye orqali yubiley sana munosabati bilan maxsus tashkillashtirilgan tantanali konsert dasturi ham namoyish etiladi.
Prezident matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, «shu kunlarda prezident huzurida mamlakatning kelgusi taraqqiyoti uchun mo‘ljallangan aniq maqsad va vazifalarni ishlab chiqish, kelib tushgan taklif va tashabbuslarni muhokama qilish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda».
«Ular yaqin vaqt ichida O‘zbekiston parlamenti va xalqiga yo‘llanishi rejalashtirilgan Murojaatnomadan o‘rin oladi. Prezident Murojaatnomada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi, bir qator muhim islohotlar tashabbusi bilan chiqish qiladi», — deydi Sherzod Asadov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter