Prezident Misrga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter