Prezident Markaziy bank raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodini ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin shu kunga qadar Markaziy bankni boshqarib kelgan Mamarizo Nurmuratov o‘z lavozimidan olingani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter