Prezident kambag‘allikni 2 baravar qisqartirish yo‘lini aytdi
Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«Hozirgi kunda to‘qimachilik, konchilik, elektrotexnika, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va servis, qurilish, tadbirkorlik sohalarida katta-katta o‘zgarishlar qilayapmiz. Misol uchun, 2022 yilning o‘zida 16 milliard dollarlik 9 mingdan ziyod yirik va o‘rta loyihalar ishga tushirilib, ularga 300 mingga yaqin malakali ishchilar kerak bo‘ladi. Kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish bo‘yicha marralarga ham odamlarga faqat va faqat zamonaviy kasblar berish orqali erisha olamiz», degan davlat rahbari yig‘ilish avvalida.
So‘nggi 3 yilda «Ishga marhamat» monomarkazlari tashkil qilinib, odamlarni kasbga o‘rgatish boshlangani, lekin bu tizim 5-10 foiz ishsizlarni qamrab olishi aytilgan. Aytilishicha, bu yil respublika bo‘yicha 555 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi.
Prezident ularni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, munosib ish bilan ta’minlash masalalari barcha darajadagi hokimlar, oliygoh rektorlari, kollej va texnikum direktorlarini ham o‘ylantirishi kerakligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter