Prezident ikki yirik davlat yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi: tafsilotlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Dubay shahriga amaliy tashrif doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kommunikatsion texnologiyalar, farmatsevtika, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, an’anaviy tibbiyot va yoga sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalardagi o‘zaro muloqotlarning bugungi holati va ikki tomonlama savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi.
Samarali hamkorlikni, shu jumladan iqtisodiy sohada “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish orqali kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni davom ettirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter