Prezident og‘riqli faktlarni keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlangani va ekoqo‘mita raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari sohadagi muammolarni ko‘rsatib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Bu yo‘nalishga mas’ul bo‘lgan Ekologiya qo‘mitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.
So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me’yordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, hududlarda “yashil maydon”lar 3-4 baravarga qisqarib, o‘rtacha 8 foizdan kamayib ketdi.
Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish bo‘yicha reja qilingan 62 ta loyihadan bor-yo‘g‘i 15 tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farg‘onadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter