Prezident topshirig‘i bilan rossiyalik xokkeychilarga Toshkentdan kvartira beriladi
Kecha, 15-mart kuni Toshkent shahrida «Humo Arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
Unda nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochilish marosimida qatnashgan Toshkent shahar hokimiga Rossiya xokkeyi yulduzlariga kvartiralar taqdim etish haqida ko‘rsatma bergan, ular respublikada ushbu sport turini rivojlantirishga yordam beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, marosim oldidan xokkeyni rivojlantirishda O‘zbekistonga yordam berishni va’da qilgan rossiyalik afsonaviy xokkeychilar bilan uchrashgan.
«Men hokimga ularga kvartiralar taqdim etishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdim. Ular O‘zbekistonga kelganida, o‘zlarini mehmonda emas, balki xuddi uydagidek his etishlari lozim», - dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev aniq ism-familiyalarni aytmagan.
«Humo Arena» ochilishi marosimida olimpiya chempioni Tatyana Navka, Rossiya xokkeyi afsonalari - Aleksandr Yakushhev, Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Pavel Bure hamda Valeriy Kamenskiylar ham ishtirok etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter