Prezident bugun Bekobodga boradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, metallurgiya tarmog‘ining ishlab chiqarish quvvatlarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechiradi, soha xodimlari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari qator ijtimoiy soha ob’yektlariga tashrif buyuradi, bekobodliklar bilan muloqot qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter