Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bojxonaga oid qonunni imzoladi

Prezident bojxonaga oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtiriladi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-913-son, 27.02.2024-y.) bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, tovarlarni olib kirishda bojxona qiymatini aniqlashga doir normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojxona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillari soddalashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidagi videoselektorda Prezident bojxona imtiyozlaridan foydalanish masalasini tanqid qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, imtiyozlarning 420 milliard so‘mi yoki 13 foizi maqsadsiz qo‘llangan bo‘lib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring