Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi

Prezident 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi murojaati — bayram tabrigida 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Birinchi — ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom ettiriladi. Buning uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi — har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak. Sudyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Uchinchi — biznesni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, kambag‘allik qisqaradi, aholi daromadlari ko‘payadi. Buning uchun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barcha to‘siqlar bartaraf etiladi. Davlat boshqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat ishtiroki keskin kamaytiriladi.

To‘rtinchi — sog‘liqni saqlash tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiriladi. Barcha hududlarda shoshilinch tibbiy yordam qamrovi oshirilib, odamlarga yanada yaqinlashtiriladi.

Beshinchi — aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimo diqqat markazida bo‘ladi. Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin ko‘paytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring