«Prava» va’da qilgan rahbar qopqonga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «A.V.» NTM sho‘’ba korxonasi rahbari M.A. fuqaro M.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o‘tkazib qo‘yish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter