Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PPX xodimlari bolani majburlab mashinaga tiqishgani sababi ma’lum bo‘ldi

PPX xodimlari bolani majburlab mashinaga tiqishgani sababi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari bir bolani mashinaga majburan tiqib olib ketishi aks etgan video tarqalib, 1 fevral kuni tasvirdagi bolaning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, 2023 yil 22 dekabr kuni Chilonzor tumani Chilonzor-3 mavzesida IIO xodimlari Sh.M. va A.O. lar 2011 yilda tug‘ilgan K.P. da pirotexnika vositalari borligini aniqlab, bolani xizmat mashinasiga kuch ishlatib, majburan o‘tqazishga uringan holda unga nisbatan qo‘pol va nomaqbul munosabatda bo‘lganlar.

Buning oqibatida esa bola bosh sohasidan lat yegan va qattiq emotsional qo‘rqish holatiga tushgan.

Ichki ishlar xodimlariga nisbatan mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Sh.M. va A.O. larning harakatlarida voyaga yetmagan K.P. ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish hamda IIV Kasb madaniyati kodeksini buzish holatlari yuzasidan xayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bola manfaatlariga zid bo‘lgan bu kabi harakatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bunga javoban qonun doirasidagi qat’iy chora ko‘rilishi shart.

Hozirda Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holatga huquqiy baho berish masalasini o‘rganmoqda», deyiladi xabarda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring