Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda salqin, janubda issiq bo‘ladi

Poytaxtda salqin, janubda issiq bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlari, 23-25 iyunga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ushbu haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha issiq biroz pasaydi. Harorat 33-38 darajagacha pasaydi. Faqat respublikaning eng janubiy hududlari juda issiq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi. Surxondaryo viloyatida havo 40-44 darajagacha isidi.

Ertaga, shanba kuni respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 33-38 daraja, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 42-44 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi.

Respublika bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana 2-4 darajaga, yoz fasli uchun qulay bo‘lgan 31-34 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 38-40 daraja pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat 15-18 darajagacha pasayadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24-25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon va yakshanba kuni shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24 iyunda 34-36 daraja, 25 iyunda 31-33 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring