Yevro-2024. Portugaliya og‘ir o‘yinda chorakfinalga yo‘l oldi
Germaniyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida Portugaliya Sloveniyaga qarshi bahs olib bordi.
Yulduzli tarkibga ega portugallar 120 daqiqa davomida raqib darvozasiga gol ura olmadi. Ronaldu 105-daqiqada belgilangan penaltidan bergan zarbasini Oblak qaytardi. Krishtianu ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Penaltilar seriyada esa Diogu Koshta qahramonga aylandi. “Portu” posboni 3 ta seyvni amalga oshirib, Portugaliyani keyingi bosqichga olib chiqdi.
Portugaliya chorakfinalda Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.
Yevro-2024. 1/8 final
Portugaliya — Sloveniya 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:0.
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (105).
Portugaliya – Koshta, Kanselu (Semedu, 117), Pepe (Ruben Nevesh, 117), Diash, Mendesh, Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya, Vitinya (Jota, 65), Leau (Konseysau, 76), Ronaldu.
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Verbich, 86), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Balkovets, Gnezda-Cherin, Elshnik (Ilichich, 105), Shporar (Selar, 75), Sheshko, Mlakar (Gorens-Stankovich, 74).
Ogohlantirishlar: Drkushich (32), Karnichnik (37), Gorens-Stankovich (101), Biyol (106), Balkovets (107), Kanselu (107).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter