Pora olishda ayblanib ushlangan deputat ozodlikka chiqarildi
Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining sobiq deputati Olimjon To‘xtanazarov ozodlikka chiqqan. Bu haqda «O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan O.To‘xtanazarov 2018-yil 22- sentyabr kuni «firibgarlik» va «pora berish» aybi bilan ushlangan edi.
Sobiq deputat 500 dollar evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali bir fuqaroning muammoni hal qilishga va’da berishi voqeasi ortidan qo‘lga olingandi.
O.To‘xtanazarov ishi bo‘yicha ko‘rilgan sud jarayonlaridan keyin u ozodlikka chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter