Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat va keramikadan pishiqroq: yog‘ochning yangi turi ishlab chiqildi

Po‘lat va keramikadan pishiqroq: yog‘ochning yangi turi ishlab chiqildi

Foto: «Ferra»

Amerikalik muhandislar yangi texnologiyani taqdim etishdi: yog‘och yangicha ishlov berishdan so‘ng butunlay yangicha xususiyat va sifatga ega bo‘ladi.

Yog‘ochdan ligninni ajratib olish orqali bunga erishildi: undan yasalgan pichoq mineral yog‘ qo‘shib toblangani va charxlanganidan so‘ng oddiy po‘lat pichoqqa qaraganda uch baravar keskirroq bo‘lib chiqdi.

Foto: «Ferra»

Ishlanma mualliflari ushbu texnologiya ko‘p sohalarda qo‘llanilishi mumkinligini aytishmoqda. Masalan, mixlar, kesuvchi asboblar kabilarni ishlab chiqarishda. Bu turdagi yog‘ochning asosiy afzalliklaridan biri ekologik tozaligi va iqtisodiy tejamkorligida, deyishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring