Pokiston Hindistondagi elchisini chaqirib oldi
Pokiston tashqi ishlar vazirligi Hindistondagi elchisini o‘zaro maslahat uchun chaqirib oldi. Bu haqda vazirlikning «Twitter»ida xabar berildi.
Ushbu holat Hindiston hukumati qo‘shni mamlakatni (Pokistonni) 14-fevral kuni yuz bergan teraktda ayblashi bilan bog‘liq. O‘sha kuni bahsli hudud — Kashmirning Hindiston qismida noma’lum shaxs minalashtirilgan avtomobili bilan hind harbiylari ketayotgan avtobusga borib urilgan va portlash oqibatida 44 kishi halok bo‘lgandi.
Kashmir uzoq yillardan beri Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyat o‘chog‘i bo‘lib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter