Poyezdni tunagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
Joriy yilning 3-mart kuni Sirdaryo viloyati IIB TXTBga Yangiyer temir yo‘l bekati navbatchisi Yangiyer temir yo‘l bekatidan o‘tayotgan 3001-sonli yuk poyezdi tarkibidagi platforma ustiga ortilgan konteynerning eshigi ochiqligi haqida xabar bergan, deb yozadi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida «Bekobod-Chuqursoy» yo‘nalishidagi 3001-sonli yuk poyezdi tarkibida 36-o‘rinda turgan, platforma ustiga ortilgan konteyner Guliston temir yo‘l bekatida TXTB xodimlari va yuk qabul qilib topshiruvchilari bilan birgalikda tekshirilib ko‘rilganida konteynerning plombasi yo‘qligi natijasida ushbu konteynerning bir tabaqa eshigi ochiq holatda turganligi, vagon hujjatlariga ko‘ra 770 dona qop yarim tayyor teri mahsuloti ortilganligi va ularda kamomad aniqlangan.
Holat yuzasidan 6 mart kuni TXTB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘irlikni «Bekobod-Xovos» peregoni 30-31 km oralig‘ida 1993-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bekobod shahar «Sementchi» mahallasida yashovchi U.N., 1985-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bekobod shahri 13-dahada yashovchi Sh.I., 1987-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bekobod shahri Abbasova ko‘chasida yashovchi fuqaro D.U., 1995-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bekobod shahri Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi M.R.lar sodir etganliklari aniqlandi. Ulardan 16 ta qop yarim tayyor teri mahsuloti daliliy ashyo tariqasida olingan va konteynerga komissiya a’zolari ishtirokida yuklanib kamomad bartaraf etilgani haqida dalolatnoma tuzilgan.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter