O‘zbekiston raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha #GBC xalqaro forumida qatnashmoqda
28-29 aprel kunlari Belaruc poytaxti Minsk shahrida Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Operativ-tahlil markazi, Belarus Respublikasi Trafik almashish milliy markazi va Elektron xizmatlar milliy markazi tomonidan tashkil etilgan #GBC (Davlat. Biznes. Fuqarolar) Xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.
Forumdan maqsad — elektron hukumat g‘oyalarini ommalashtirish, ilg‘or tajribalarni almashish, idoralararo hamkorlik va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, tarmoqlar va iqtisodiyotning funksional sohalarini raqamli o‘zgartirish uchun tolerant muhitni yaratishdir.
Forumda raqamli kelajak holati, rivojlanishi va istiqbollari muhokama qilinmoqda, barcha muloqotlar raqamli muhitda amalga oshyapti.
Videokonferensiya shaklidagi forum ishida O‘zbekiston Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari qatnashishmoqda. Markazlashgan ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i German Stimban «Yagona identifikatsiya tizimi v 2.0. Yangi imkoniyatlar» mavzusida chiqish qildi. U qatnashchilarni elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi, uning bugungi holati va kelgusida rivojlantirilishi bo‘yicha rejalar bilan tanishtirdi.
Forum davomida Belarus, Qozog‘iston, Latviya, Moldova va Rossiyaning raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish tajribalari bo‘yicha taqdimotlar qilindi, bu ko‘nikmalar O‘zbekistonda elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda inobatga olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter