Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pnevmoniya holati oshmoqda. 3 nafar bemor vafot etdi

Pnevmoniya holati oshmoqda. 3 nafar bemor vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Kecha yurtimizda 467 nafar kishida koronavirus, 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

2021 yil 9 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115478 (+467) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

27 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

19 nafari Andijon viloyatida,

15 nafari Buxoro viloyatida,

35 nafari Jizzax viloyatida,

21 nafari Qashqadaryo viloyatida,

10 nafari Navoiy viloyatida,

25 nafari Namangan viloyatida,

29 nafari Samarqand viloyatida,

17 nafari Sirdaryo viloyatida,

21 nafari Surxondaryo viloyatida,

26 nafari Farg‘ona viloyatida,

17 nafari Xorazm viloyatida,

41 nafari Toshkent viloyatida,

164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 259 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 110759 (+382) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 767 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring