Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Piramida»lar sotuvga qo‘yildi

«Piramida»lar sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq oromgohi» dam olish maskanini (xalq tilida «piramida») 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qildi.

Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanib, savdoda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Qayd etilishicha, savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021 yil 15 iyul soat 18:00 ga qadar kerakli hujjatlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim qilishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring