Peterburgdan O‘zbekistonga uchayotgan samolyot Samara shahriga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Sankt-Peterburgdan Urganchga parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Boeing 757 samolyotida yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sababli samolyot Samara shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.
«Ekipaj komandiri Samara aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qildi», degan nashr manbasi.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi kasalxonaga yotqiziladi va layner yonilg‘i quyilganidan keyin yana parvozni davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter