Peruda dafn marosimiga kelgan masxarabozlar hibsga olindi (video)
Peruda politsiya koronavirus tufayli dafn marosimiga kelgan masxarabozlarni hibsga oldi. Aktyorlar xayrlashuv tomoshasini namoyish etmoqchi bo‘lishgan, biroq huquqni muhofaza qilish organlari ularning yo‘liga g‘ov bo‘lishdi. Negaki masxarabozlar mamlakatda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun joriy etilgan qat’iy karantin qoidalarini buzishgandi.
«Men chin dildan uzr so‘rayman. Yaxshi ish bo‘lmaganini tushunib turibman, lekin do‘stimni so‘nggi manzilga kuzatishni xohlagandim. Biz hammamiz xato qilganimizni anglab yetdik. Shuning uchun politsiyaga qarshilik ko‘rsatmadik», — dedi hibsga olingan masxarabozlardan biri.
Ta’kidlash joizki, Peruda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Kasallanganlar soni bo‘yicha mamlakat AQSh, Braziliya, Hindiston va Rossiyadan so‘ng dunyoda beshinchi o‘rinda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter