Pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilandi
Qarorga muvofiq, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
- maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
- 3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
- 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
- 10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
- 15 yildan ortiq – 50 foiz.
Quyidagi jadvallarda ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan:
Izoh: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter