«Paxtakor» Yevropaning to‘purar futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh Toshkentning «Paxtakor» klubi futbolchisiga aylandi. U bilan ikki yillik shartnoma imzolandi, deya xabar berdi jamoa matbuot xizmati.
26 yoshli hujumchi Portugaliyaning «Boavishta» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyati davomida «Nitssa» (Fransiya), «Sent-Mirren» (Shotlandiya), «APOEL» (Kipr), «Veria» (Gretsiya), «Anortosis» (Kipr), «Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni) va «Xarts» (Shotlandiya) klublari safida o‘ynagan. Ushbu jamoalar safida yuqori divizionda ishtirok etib, 186 uchrashuvda 54 gol muallifiga aylangan.
2013-yil «Sent-Mirren» bilan Shotlandiya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. O‘sha yilning o‘zida «APOEL» bilan Kipr Superkubogi sohibiga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter