«Paxtakor» birinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi ilk nazorat bahsida g‘alaba qozondi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Turkiya uchinchi liga ishtirokchisi «Turgutluspor»ga qarshi maydonga tushgan toshkentliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. 12-daqiqada Kozak raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib, Masharipov hisobni tenglashtirgan.
«Ikkinchi bo‘limda tarkibda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Lobanov ikki marta «Turgutluspor» a’zolarining penaltidan tepgan to‘plari yo‘liga g‘ov bo‘lib, mahoratini namoyish qildi. 84-daqiqada Sayfiyev o‘yinda hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi», — deb yozadi klub rasmiy sayti.
Navbatdagi nazorat bellashuvini «Paxtakor» 11 yanvar kuni Turkiya ikkinchi ligasi vakili «Shanliurfaspor» jamoasi bilan o‘tkazadi.
«Paxtakor» - «Turgutluspor» - 3:0 (2:0)
«Paxtakor»: Suyunov (Lobanov, 46), Kozak, Simich (Andreyev, 63), A’zamov, Shorahmedov (Sayfiyev, 63), Rahmatullayev (Ismatullayev, 63), Ahmedov (Ahmadov, 63), Masharipov (Ibrohimov, 63), Iskanderov (Sindarov, 63), Abdurahimov (G‘anixonov, 63), Bezerra (Hakimov, 63).
Gollar: Kozak 12, Masharipov 13, Sayfiyev 84.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter