Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kilo terilgan paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Bir kilo terilgan paxta uchun qancha to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

2019-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

 Qarorga ko‘ra:

- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;
- qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;
- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring