Paxta yetishtiruvchilarga yangi imtiyoz taqdim etilmoqda
«Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
2023-yil hosilidan paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to‘liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
- QQSni paxta xomashyosi bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to‘lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
- 2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o‘z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
- paxta-to‘qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan QQS summasini qishlok xo‘jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS budjetga to‘lab berilganidan so‘ng hisobga olishga ruxsat etiladi.
QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.
2023-yil 5-sentyabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig‘ib olish bilan bog‘liq ma’lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023-yil 15- sentyabrdan «Agroplatforma» axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter