Parasetamolning xavfli jihati aniqlandi

Britaniyalik tadqiqotchilar yuqori qon bosimi bor odamlar parasetamoldan muntazam foydalanishi insult va yurak xastaliklari xavfini tug‘diradi, deya ogohlantirishdi. Bu haqda «GB News» xabar berdi.
Tadqiqot xulosalari parasetamol qon bosimiga xuddi nostreoid yallig‘lanishga qarshi dorilar (masalan, ibuprofen) kabi ta’sir kuchiga egaligini ko‘rsatdi: ular qon bosimini oshirish, shu bilan birga, yurak xastaliklari xavfini tug‘dirish xususiyatiga ega.
Olimlarning ta’kidlashicha, muntazam parasetamol iste’mol qilish oqibatida arterial bosimning oshishi insult va yurak xastaliklari kelib chiqishi ehtimolini 20 foizga o‘stiradi.
«Ushbu tadqiqot dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan dori — parasetamol qon bosimini oshirishini va bu yurak xastaliklari va insultni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Shifokorlar va bemorlar, ayniqsa, yurak-qon tomir xastaliklari xavfi bor bemorlar, o‘zaro paratsetamolni uzoq vaqt qo‘llashning foydasi va xavfini taroziga qo‘yib ko‘rishlari lozim bo‘ladi», — dedi Edinburg universiteti klinik farmakologiya kafedrasi rahbari Jeyms Dir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter