Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Panjsherda yuzlab «Tolibon» jangchilari o‘ldirilgani va asir olingani aytildi

Panjsherda yuzlab «Tolibon» jangchilari o‘ldirilgani va asir olingani aytildi

Afg‘onistonning Panjsher provinsiyasidagi qarshilik kuchlari vakili Fahim Dashti «Tolibon»ning yuzlab jangchilari yo‘q qilinganini aytdi. Bu haqda uning so‘zlariga asoslanib Lenta.ru xabar qilmoqda.

«Panjsherning turli tumanlarida ertalab 600 ga yaqin Tolibon a’zolari yo‘q qilindi. Mingdan ortiq Tolibon jangchilari qo‘lga olindi yoki taslim bo‘ldi», - deydi Dashti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harakat boshqa viloyatlardan qo‘shimcha kuch yetkazib berishda muammolarga duch kelishgan.

Al-Jazeera telekanali manbasiga ko‘ra, Panjsher hujumi minalangan yo‘llar tufayli asta-sekin rivojlanmoqda. Xuddi shu sababga ko‘ra, toliblar viloyat gubernatori qarorgohiga kira olmayotir. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki kunda Panjsherda janglar qizidi. Tomonlar o‘zaro informatsion urushni ham boshlab yuborishgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring