Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyaga qarshi raqamli iqtisodiyot: xalqaro onlayn forum bo‘lib o‘tdi

Pandemiyaga qarshi raqamli iqtisodiyot: xalqaro onlayn forum bo‘lib o‘tdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 17-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida xalqaro onlayn forum bo‘lib o‘tdi. Unda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, xalqaro onlayn davra suhbati ishi 2 sessiyada tashkil etilgan.

Birinchi sessiyada «O‘zbekistonda raqamli rivojlanish: bugungi holati va kelajagi» mavzusida ma’ruzalar qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish, qarorga asosan tasdiqlangan «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston poytaxtining qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish maqsad qilingani qayd etildi.

Asosiy e’tibor prezidentning 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4699 qarori ijrosiga qaratildi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga 2020-2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar va Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha jami 268 ta loyihalarni amalga oshirish xususida ma’lumot berildi.

Xalqaro onlayn forumning ikkinchi sessiyasida «COVID-19 pandemiyasiga qarshi raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi: O‘zbekiston yo‘li va chet el tajribasi» mavzusiga qaratildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat organlari bilan yuzma-yuz muloqotsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi. Bugungi kunda portal orqali 208 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda.

Yig‘ilish davomida talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring