Pandemiyada oddiy xalq va kazo-kazolar. Tarmoqda organ xodimlari bilan bog‘liq yana bir video tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi va Milliy gvardiya xodimi ishtirokidagi yana bir videolavha taqaldi. Unda ikki nafar organ xodimi fuqaroni majburan avtomashinaga tiqishga harakat qilayotgani ko‘rinadi.
Ayni jarayonda Milliy gvardiya xodimi fuqaroni bo‘ynidan bo‘g‘ib olgani, atrofdagi odamlarning «bo‘g‘yapsiz, o‘ldirib qo‘yasiz!» degan gaplari eshitiladi. Aftidan, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari fuqaroni niqob taqmaslikda ayblamoqda. Ularning changalida tipirchilayotgan fuqaro esa «maskam bor», deydi...
Voqelik kuni kecha Qoraqalpog‘istonda yuzga bergani aytiladi.
Mazkur lavhani bizga jo‘natgan manbamiz unga yana bir suratni ham ilova qiladi. Suratda Muynoqdagi «Oq kema» oromgohi ochilishida ishtirok etayotgan mahalliy va respublika miqyosidagi rahbarlar (deputatlar, senatorlar) aks etgan bo‘lib, ular orasida niqob taqqanidan ko‘ra taqmaganlarii ko‘p. Buning uchun ularga hech kim e’tiroz qilayotgani yo‘q.
Xulosa o‘zingizga tan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter