Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘mita Ozodbek Nazarbekov bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda

Qo‘mita Ozodbek Nazarbekov bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada qatnashgani holati o‘rganilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali, u jumladan Instagramda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ishtirokida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do‘koni haqidagi reklama lavhasi joylashtirilgangi va bu holat keng jamoatchilik tomonidan qonunbuzilish ekanligi ta’kidlanmoqda.

"Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.

Yuqoridagilarga ko‘ra mazkur holat yuzasidan Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz" deyiladi qo‘mita bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring