Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov vaksinadan keyingi ahvoli haqida ma’lumot berdi

Ozodbek Nazarbekov vaksinadan keyingi ahvoli haqida ma’lumot berdi

Bugun «Xalqaro press-klub» jonli efirida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vaksina qabul qildi. Vazir vaksinadan keyingi holati haqida post qoldirdi.

«Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Tibbiyot xodimlarining bergan tavsiyalariga amal qilsak, barchasi yengil kechadi.

O‘ylaymizki, vaksina qabul qilish, odatdagi hayotimizga qaytishning yagona chorasidir», – dedi u va qo‘shimcha qildi: «Ma’lumotlarga ko‘ra, inson tug‘ilganidan boshlab, umri davomida 14 ta vaksina olarkan. Covid-19 virusiga qarshi emlashni 15-vaksina deb qabul qilishimiz kerak.

Chunki biz bugun barchani uyga qamalib, xavotir ichida yashashga majbur qilgan ushbu virusdan faqat emlanibgina xalos bo‘la olamiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring