Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zLiDeP» Samarqand viloyat kengashi raisi o‘zgardi

«O‘zLiDeP» Samarqand viloyat kengashi raisi o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining Samarqand viloyat kengashi va Xalk deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda «O‘zLiDeP» Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Yoqubov ishtirok etdi.

Partiya rahbari tadbirda so‘zga chiqib, deputatlik korpusi faoliyatini yanada jonlantirish, yil talabidan kelib chiqib yangi loyihalarni amalga oshirish kerakligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda tashikiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha partiyaning viloyat kengashiga rahbarlik qilib kelayetgan M.Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan u o‘z arizasiga ko‘ra bu vazifadan ozod etildi. Bu lavozimga «Maroqand meva-sabzavot» MChJ rahbari Mehroj Fayzilov saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring